Suriyaning viza siyosati

Suriya vizasi 2010-yil

2011-yilda Suriyada norozilik namoyishlari, jangovar harakatlar, mojarolar va halokatli fuqarolar urushi boshlanishidan oldin, koʻplab Osiyo, Yevropa, Afrika va Amerika mamlakatlari fuqarolari Suriya Arab Respublikasiga vizasiz tashrif buyurishlari yoki uni kelganlarida olishlari mumkin edi, asta-sekin Suriya ko‘plab davlatlar uchun vizasiz kirishni hamda kelganda viza olish siyosatini bekor qila boshladi va 2014-yilda Suriya rasmiylari barcha mamlakatlar uchun viza rejimi joriy etilganini rasman eʼlon qildi. Biroq shu paytgacha ayrim davlatlar fuqarolari Suriyaga amalda vizasiz kirishlari yoki yetib kelishlari bilan vizani olishlari mumkin. Suriyaning viza siyosati hozir juda beqaror va bu davlatning viza siyosati haqida aniq maʼlumotlar yoʻq. Ochiq manbalardan olingan maʼlumotlar esa koʻpincha Suriya viza siyosatida eskirgan yoki ahamiyatsiz boʻlib qolgan maʼlumotlarni tashkil etishi mumkin. Suriyaga kirayotganda, Suriya rasmiylari mamlakatning dunyodagi diplomatik vakolatxonalaridan biriga murojaat qilib, oldindan Suriya vizasini olishni soʻrashadi[1][2][3].

  1. „القانون 2 لعام 2014 دخول وخروج وإقامة الأجانب في سوريا“. People's Council of Syria (2014-yil 12-mart). 2018-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-oktyabr.
  2. „قانون يحظر الدخول لسورية أو الخروج منها ...إلا لحامل جواز سفر ساري المفعول أو وثيقة مؤشر عليها بسمة دخول من إحدى البعثات الدبلوماسية السورية“ (ar). Al-Watan (Syria) (2014-yil 12-mart). 2014-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-noyabr.
  3. „Syria issues law imposing visas on its visitors“. Al Arabiya (2014-yil 12-mart). Qaraldi: 2017-yil 5-noyabr.

Developed by StudentB